02 dek 12:44
Yangiliklar
O'q otish bo'yicha Konstituciya kuniga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining 2018 yilgi sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan "8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilingan kun"ga bag'ishlab, 1 dekabr kuni Namangan avtomobil maktabiga qarashli O'Q OTISH TIRIda Yoshlar o'rtasida PNEVMATIK QUROLDAN O'Q OTISH bo'yicha viloyat birinchiligi 4-boskich musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada jami 145 nafar sportchi ishtirok etdi. Sportchilarni 77 nafari o'g'il bolalar, 68 nafari qiz bolalardan iborat bo'lib, bahslar 10 yosh va undan katta sportchilar o'rtasida tashkil kiladi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko'ra, 1-o'rinni Namangan avtomobil maktabi jamoasi, 2-o'rinni viloyat texnik va amaliy turlari markazi jamoasi va 3-o'rinni Kosonsoy tuman jamoasi egalladi. G'oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlari topshirildi.
Fikrlar