19 iyu 08:38
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlandi
Toshkent shahridagi MXSK o'q otish bazasida pnevmatik va kichik kalibrli quroldan o'q otish bo'yicha O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bellashuvlarning ikkinchi kuni ayollar o'rtasida o'tkazilgan pnevmatik to'pponchadan o'q otish bahslarida Samarqand viloyati vakilasi Lenara Asanova 229,6 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin esa toshkentlik Zaringiz Aminjonovaga (228,1) nasib etdi. Uchinchi o'ringa andijonlik Donoxon Mehmonova (208,8 ochko) ega chiqdi.
Mikst, yani aralash juftlik bahslarida birinchi o'rinni toshkentlik sportchilar Vladimir Svechnikov/Mariya Muxiddinova tandemi egalladi. Ikkinchi o'rin esa toshkent viloyati sportchilari Abdurahmon Anarbaev/Iroda Azimbaeva juftligiga nasib etdi. Uchinchi o'rinni samarqandlik sportchilar Rifat Girfanov/Lenara Asanovalar band etishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar