15 mar 14:00
Yangiliklar
O'q otish. Mamlakat chempionati davom etmoqda
Ushbu musobaqa 2018 yilda bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro turnirlarga O'zbekiston terma jamoasini shakllantirib olish vazifasini ham o'taydi.
Bahslarning birinchi kunida 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida birinchi o'rinni Toshkent viloyati vakili Bekzod Rahmatullaev qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni ham Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan mergan Suhrob Mirzajonov qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin esa Qashqadaryo jamoasi azosi Burxoniddin Erkaevga nasib qildi.
Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda Riodagi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Vadim Skorovarov 244,3 ochko to'plab, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladi. Ikkinchi o'rinni Saidxon Sayfuddinov qo'lga kiritgan bo'lsa, Bekzod Rahmatullaev bu borada uchinchi bo'ldi.
Fikrlar