29 jan 11:52
        Yangiliklar	
	
				
				    O'q otish			    
				 
				
			 
				O'q otish. Merganlarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdilar
SHu yilning 20-28 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'q otish sporti bo'yicha Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tadi.
			Ushbu licenzion musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida sportchilarimiz kecha poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashdi.
Mudofaa vazirligiga qarashli sport majmuasida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda 6 nafar sportchi qatnashmoqda. Yig'in 19 fevralga qadar davom etadi. Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inlari yakunlangach sportchilarimiz Hindistonga yo'l oladilar.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar