07 iyu 18:46
Yangiliklar
O'q otish. O'zbekiston chempionatining Toshkent shahar bosqichi start oldi
Musobaqada sportchilar pnevmatik to'pponcha va miltiqlardan nishonga o'q uzish bo'yicha o'zaro bellashmoqdalar. G'olib va sovrindorlar nomi ertaga malum bo'ladi. G'oliblar 15-22 iyun kunlari o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadilar. Viloyatlarda mazkur musobaqalarga saralash vazifasini o'tovchi bahslar o'tkazilmoqda.
«O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan har bir sport federaciyalari oldiga terma jamoa uchun eng munosib nomzodlarni saralab olish vazifasini qo'ygan. Ushbu bellashuvlar orqali xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilar aniqlab olinadi», – dedi O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi bosh kotibi J.Atabullaev.
Fikrlar