08 may 18:10
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish. Qashqadaryoda bayramga bag'ishlangan turnir o'tkazildi
Qashqadaryo viloyatida havoli miltiqdan o'q otish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Musobaqa davomida VP1 mashqida Rashid Jalilov birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Akmal Egamberdiev va SHahzod Qo'ziboevga nasib qildi.
Qizlar o'rtasida esa Sabrina Yo'ldoshevaga teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi o'rindan Marjona Yo'ldosheva joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka Yulduz Jabborova yakun yasadi.
Musobaqa yakunida sportchilar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Yakkabog' tumanida yashovchi SHukur bobo Xushvaqtov bilan uchrashishdi. Uch avlod uchrashuvida ikkinchi jahon urushi vaqtida o'zbek xalqining matonati, o'zbek o'g'lonlarining jasorati yodga olindi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar