14 mar 08:11
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish. Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Toshkent shahrida pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha 1998 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
Avvaliga musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi. Keyin esa o'g'il bolalar o'rtasida pnevmatik miltiqdan o'q otish (VP-6) mashqlari boshlab yuborildi. Bugun qizlar o'rtasidagi bahslar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Mazkur musobaqa avvalo olimpiya oilasiga kiruvchi o'q otish sporti bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibini aniqlash, iqtidorli sportchilarni saralab olish vazifasini o'taydi.
Ikki hafta oldin Buxoroda federaciya ochiq kubogi bo'lib o'tgan edi. Keyin Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan O'zbekiston kubogining birinchi bosqichi tashkil etildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar