26 jan 08:40
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Andrezyo-Buteon turniri yakkaligidagi ishtirokini to'xtatdi
Franciyaning Andrezyo-Buteon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz turnirning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi.
Afsuski, Omonmurodova chorak final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda turnirning 8-raketkasi, germaniyalik Tamara Korpatchga deyarli qarshiliksiz 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Omonmurodova ilk davrada gollandiyalik Bibianu SHufsga qarshi kortga chiqib, raqibasini 6:3, 6:7(4), 6:3 hisobida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar