25 jan 08:30
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Andrezyo-Buteondagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Franciyaning Andrezyo-Buteon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz turnirning asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan.
Qura natijasiga ko'ra, Omonmurodova ilk davrada Bibianu SHufsga qarshi kortga chiqdi. Gollandiyalik bu tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi.
Ikki tennischi o'rtasidagi uchrashuvda hamyurtimiz raqibasini 6:3, 6:7(4), 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Endi Omonmurodova chorak final chiptasi yo'lida turnirning 8-raketkasi, germaniyalik Tamara Korpatchga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar