12 iyu 07:50
Yangiliklar
Tennis
Oqgul Moskvadagi turnirning juftligida chorak finalga chiqdi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan birga ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan.
Ular ilk davrada rossiyalik Anastasiya Pivovarova hamda ukrainalik Valeriya Straxova hamkorligini 6:4, 6:2 hisobida taslim etishdi. Endi Oqgul va Valentina chorak finalda rossiyalik tennischilar Ulyana Ayzatulina hamda Kseniya Laskutova juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Oqgul Omonmurodova Moscow Open 2017 turnirining birinchi davrasida musobaqaning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Anastasiya Pivovarovaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar