09 dek 21:09
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Omonmurodova ham saralash bosqichida yutqazib qo'ydi
Dubayda bo'lib o'tayotgan qizlar o'rtasidagi nufuzli turnirda tennischimiz Oqgul Omonmurodova saralash o'yinida kortga chiqdi.
Sportchimizga saralashdagi ilk o'yinda ruminiyalik Miriam Bulgaru raqiblik qildi.
Afsuski, tennischimiz 1 soat 56 daqiqa davom etgan bahsda 7:5, 4:6, 0:6 hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini saralash bosqichidayoq yakunladi.
Biroz avval, Nigina Abduraimova saralash o'yinida italiyalik raqibiga yutqazib qo'ygandi.
Dushanba kuni boshlanadigan asosiy davra o'yinlarida Sabina SHaripova ushbu turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar