08 noy 18:25
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Omonmurodova Minskdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz ishtirok etadigan mazkur musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Bugun Omonmurodova ilk bosqichda ukrainalik Olga Yanchukka qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, 32 yoshli hamyurtimiz dunyo reytingida 359, 21 yoshli Yanchuk esa 318-o'rinni egallab turibdi. Uchrashuvda tennischimiz Yanchukni tajriba evaziga 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Uning ikkinchi davradagi raqibasi ruminiyalik Irina Mariya Bara bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar