30 avg 15:29
Yangiliklar
Tennis
Oqgul Omonmurodova Qozog'istonda yarim finalga chiqdi, Niginada mag'lubiyat
Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqa chorak finali doirasida Oqgul Omonmurodova turkiyalik Zeynep Sonmezga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 25 daqiqa davom etgan o'yinda Oqgul raqibasini 6:4, 6:1 hisoblarida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Nigina Abduraimova esa rossiyalik Valeriya Yushchenkoga qarshi bahs yuritdi. 2 soat 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina afsuski 6:3, 3:6, 5:7 hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar