09 apr 11:12
Yangiliklar
Tennis

Oqgul Turkiyadagi turnirning saralashini yakuniga etkaza olmadi
Turkiyaning Istanbul shahrida mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning saralash bahslari boshlandi.
Saralash bahslarida o'z omadini sinab ko'rgan tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ilk davradayoq omadsizlikka uchradi. Bolgariyalik Yuliya Terziyskaga qarshi kechgan uchrashuv to'rtinchi setdan so'ng yakunlandi.
Raqibasiga 1:3 hisobida o'yinni boy berayotgan hamyurtimiz bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Endi mazkur turnirning asosiy to'r bahslarida hamyurtimiz Sabina SHaripovaga muxlislik qilamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar