So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

21 sen 11:55
Yangiliklar

Boshqalar

O'rta CHirchiqda sportning texnik va amaliy turlari yana ham rivojlanadi

Teglar :  O'rta CHirchiqSport
“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi o'quv sport-texnika klublarida ham sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha muntazam mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan bo'lib, o'g'il-qizlar mazkur turlar bo'yicha mahoratlarini oshirib borishmoqda.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik targ'iboti, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda “Vatanparvar” tashkilotining asosiy faoliyat turlaridan bo'lgan avtomototransport haydovchilari tayyorlash va mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish kabi ezgu - maqadlarni ko'zlagan. 

Xususan, O'rtachirchiq tuman kengashi o'quv sport texnika klubida ham sportning texnik va amaliy turlari bilan o'g'il-qizlar zo'r ishtiyoq shug'ulanishadi. Javlon Po'latov rahbarlik qilayatgan ushbu o'quv sport texnika klubida yuz nafardan ortiq tuman yoshlari o'q otish, yozgi biatlon va avtoralli turlari bo'yicha mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Yozgi biatlon va o'q otish sport turlaridan tajribali murabbiy Leonid Yugay qo'l ostida, munosib sharoitda shug'ullanayotganlar orasida iqtidorli sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi. SHaxnoza Mirzaeva, SHukrona Baybusova, Rustam G'ofurov, Temur Abilxayrov, Valeriya Radionov singari shogirdlarning iqtidorini murabbiy yaxshi baholaydi. Boisi, ular o'tkazilayotgan turli darajadagi musobaqalarda kuchlilar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishadi.      

Avtoralli bo'yicha murabbiy-sportchi, sport ustasi Alisher Ahmadqulovning oldiga tushadigan rallichi viloyatda topilmasa kerak. Umrini shu sport turiga bag'shida etgan Alisher aka viloyat sharafini o'zoq yillardan buyon munosib himoya qilib kelmoqda. Bu borada yoshlar u kishidan o'rnak olsa arziydi. Klub boshlig'i Javlon Po'latovning takidlashicha, keyingi yillardan sport sekciyalari sonini ko'paytirish va yanada ko'proq o'quvchi-yoshlarni jalb etish maqsadida velosport va karting turlarini ochishni mo'ljal qilishgan. Demak, O'rtachirchiq tumanida sportning texnik va amaliy turlari yanayam rivojlanadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing