01 jan 14:47
Yangiliklar
Ortiq Nig'matov Muscat International Chess Championship 2024 chempioni!
Musobaqada uch nafar shaxmatchilarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi. Yakunda yaqindagina grossmeysterlik unvonini qo'lga kiritgan Ortiq Nigmatov (2447) 9 imkoniyatdan 8 ochko to'plab, Muscat International Chess Championship 2024 chempioniga aylandi. Nig'matov turnirda 5-raqam ostida tasniflangan bo'lib, 7 g'alaba va 2 durang qayd etdi. U 8-turda musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov (2536) bilan murosaga keldi.
Ortiq Nig'matov hisobiga qimmatli +13.9 punkt reyting ochkolarini ham qo'shib oldi. Nig'matov O'zbekistoning hisob bo'yicha 30-grossmeysteri hisoblanadi. O'mon turnirida 7,5 ochko jamg'argan Abdumalik Abdusalimov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni band etdi. Kuchli uchlikdan joy olgan misrlik shaxmatchilar Hamed Vafa va Adham Favzi hisobida ham 7,5 ochkodan bor. Aleksey Barsov (2324) esa 7 ochko to'plagan holda 10-o'rin bilan kifoyalandi.
Fikrlar