30 dek 22:22
Yangiliklar
Futbol

O'rtoqlik o'yini. Avstraliya raqibimiz darvozasiga 5ta gol urdi
Dubay shahridagi "Maktum bin Rashid Al Maktum" stadionida Ummon hamda Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida aynan Ummon bilan bir guruhdan joy olgan. Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda Avstraliya terma jamoasi ummonlik futbolchilarni yirik 5:0 hisobida dog'da qoldirishdi.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya terma jamoasi Osiyo Kubogida Iordaniya, Falastin va Suriya bilan bir guruhda o'ynaydi.
Ummon - Avstraliya 0:5
"Maktum bin Rashid Al Maktum" stadioni
Gollar: Endryu Nabbut 10, Kris Ikonomidis 14, Aver Mabil 24, Milosh Degenek 58, Jekson Irvin 89.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar