20 iyu 10:15
Yangiliklar
Futbol

O'rtoqlik o'yini. Belarus U-18 - O'zbekiston U-18 - 0:4
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Minsk shahridagi o'quv-mashg'ulotlar yig'ini davomida ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Belarus yoshlariga qarshi ikkinchi bellashuvda o'zbekistonlik futbolchilar 4:0 hisobidagi yirik g'alabaga erishdi. Dastlabki bahsda O'zbekiston U-18 termasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo'lib o'tadi.
O'rtoqlik uchrashuvi. Minsk, Belarus
O'zbekiston U-18 – Belarus U-18 - 4:0
Gollar: Asadbek Sobirjonov (14), Jahongir Abdusalomov (37), Rasul Yo'ldoshev (39), Bobur Asqarov (90+4)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar