17 noy 18:36
Yangiliklar
Futbol

O'rtoqlik o'yini. Janubiy Koreya Avstraliya bilan durang qayd etdi
Bugun Avstraliya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Brisbendagi "Sankorp" stadionida o'tgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. Uchrashuvdagi birinchi gol 22-daqiqada mehmonlar futbolchisi Ui Jo Xvang tomonidan ochildi.
Bahs yakunlanishiga bir necha soniya qolganida Massimo Luongo hisobni tenglashtirdi va o'z jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Avstraliya esa Livanni bilan o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar