So’nggi yangiliklar

09:16Чернека Жонсон, Кэролайн Дюбуа ва Йокаста Валле ўз камарларини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 08:55"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилди 0 08:34Тайсон Фьюри Жейк Полнинг Жошуа устидан ғалабаси учун £ 1 млн фунт тикишга ваъда берди 0 08:13Жанибек Алимханули допинг можароси фонида The Ring рейтингидан чиқарилди 0 07:5250 ёшли Андерсон Сильва бокс жангида Тайрон Вудлини нокаутга учратди 0 07:31Италия Суперкубоги. "Болонья" "Интер"ни мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 00:50Шоҳасан, Одилхон ва Бобур "Горилла" иштирок этган Тошкентдаги Octagon 83 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 20:03Белбоғли курашчиларимиз Жаҳон чемпионатида иккинчи бўлишди 0 18:43WBC Гран-приси. Мужибилло Турсунов эртанги жанги олдидан рақиби билан юзма-юз келди (ФОТО) 0 18:01Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади? 0 17:40Жейк Пол — Энтони Жошуа: турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19"Одамлар жанг ҳақиқийлигига шубҳа қиляпти". Собиқ спортчи Пол ва Жошуа ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:58"Курашмайман". Пимблетт Гэтжи билан қандай жанг қилишини айтди 0 16:37Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ!" 0 16:16"Кроуфорднинг қайтишини кутяпман" - эксперт 0

06 iyu 15:02
Yangiliklar

Boshqalar

Orzulari osmon Muhammadnozim!

Jannatmakon yurtimiz barcha sohalar bo'yicha istedodlarga boy.

Yurtimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi, sportga ham davlat siyosati darajasida etibor qaratilyapti. Bu bejiz emas, albatta. CHunki, buyuk kelajakni qurayotgan har qanday mamlakat har tomonlama sog'lom, zakovatli avlodga suyanadi. Bu borada eng yaxshi ko'makchi bu sport, jismoniy tarbiya ekanligi hech kimga sir emas. 

Qolaversa, sport va sanat istalgan mamlakatni dunyoga eng tez tanituvchi sohalar hisoblanadi. Tan olish kerak, bugungi kunda sport orqali ko'proq tanilyapmiz. Deyarli har hafta dunyoning qaysidir bir burchagida O'zbekiston madhiyasi yangrab, davlat bayrog'i sarbaland ko'tarilmoqda. Bu yurtimizda sportga qaratilayotgan etiborning mahsuli, desak yanglishmaymiz. 

Bugun biz sizlarni ana shunday istedodli sportchilarimizning biri bilan yaqindan tanishtiramiz. Qahramonimiz - sambo sport turida xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro maydonda aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritib kelayotgan istedod egasi, istiqlol farzandi Muhammadnozim SHukurov!

Bizning malumot: 

Muhammadnozim SHukurov Xurshid o'g'li - 1994 yili qadim va hamisha navqiron Samarqand shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. SHahardagi 171-o'rta talim maktabida taxsil olgan. Keyinchalik informaciya texnologiyalari kollejida o'qigan. Bolaligidan sportga mehr qo'ygan Muhammadnozim 13 yoshidan sambo bilan shug'ullana boshlagan. Bunga oiladagi muhit ham tasir o'tkazgan. Muhammadnozimning otasi Xurshid aka ham sport ustasi bo'lganlar. Tabiiyki, qahramonimiz ham sportdan boshqa sohada o'zini tasavvur qila olmasdi. U birinchi murabbiyi sifatida otasini etirof etadi. Sambo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roman SHakirov qo'l ostida ushbu sport turi bilan professional tarzda shug'ullana boshlagan. Ko'plab xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori bo'lgan. Havas qiladigan sportchisi - sambo bo'yicha 7 karra jahon chempioni Rais Raxmatullin. Xobbisi - turizm, sayyohat qilish, kitob o'qish va jahon madaniyatlarini o'ganish. Deyl Karnegi asarlarini sevib mutolaa qiladi. Hozircha so'nggi o'qigan kitobi - “Iskusstvo publichnoy rechi”. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya istituti talabasi.   

Erishgan yutuqlari:

* Ikki karra O'zbekiston chempioni (2014, 2018)

* Jahon Kubogining bronza medali sovrindori (2018, Rossiya)

Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori (2014, Toshkent)

Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda o'tkazilgan xalqaro musobaqalar g'olibi (2009, 2010, 2015, 2017)

Jahon chempionatlari ishtirokchisi (2014 Janubiy Koreya, 2019 Ruminiya)

AQSH Ochiq chempionati g'olibi (2019, Pensilvaniya)

- Faoliyatimdagi ilk musobaqadayoq oltin medal qo'lga kiritganimni aslo unutmayman, - deydi qahramonimiz. - Uyga qaytganimda oila azolarim juda ham xursand bo'lishgan edi. Ayniqsa, ota-onam o'zlarida yo'q quvonishgandi. Bu muvaffaqiyat meni yanada ruhlantirdi va shundan so'ng o'zim qatnashgan musobaqalardan medalsiz qaytmaydigan bo'ldim. 

Qahramonimiz uchun 2014 yilgi sport mavsumi omadli keldi. U o'z vazn toifasida O'zbekiston chempioni bo'ldi va o'sha yili poytaztimizda o'tkazilgan Osiyo chempionatida shoxsupaga ko'tarildi. Bu uning birinchi aytishga arzigulik yutug'i edi. Muhammadnozim 2014 yili Janubiy Koreyada o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. 20 yoshli sportchi uchun bu katta sinov va chaqiruv edi. 

Yildan-yilga tajriba va mahoratini oshirib kelayotgan Muhammadnozim 2018 yil ikkinchi bor O'zbekistonning o'z vazn toifasidagi eng kuchli sambochisiga aylandi. Mamlakat chempioni sifatida Rossiyadagi jahon Kubogida yurtimiz sharafini himoya qildi va bronza medalini qo'lga kiritdi. Aynan 2018 yil u talabalik baxtiga muyassar bo'ldi. Sambodagi natijalari sabab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga imtiyozli yo'llanma asosida qabul qilindi.

- Sambo - bu sanat! SHaxsan men samboni erkaklar uchun eng yaxshi sport turi deb bilaman. Boisi, sambo insonning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatini ham tarbiyalaydi. Sportchilik faoliyatim yakunlanganidan keyin ham samboda qolaman. O'zimni murabbiy sifatida sinab ko'rmoqchiman. Ko'p yillar davomida ustozlarimdan o'rganganlarimni yosh avlodga berishni, ko'plab jahon va Osiyo chempionlarini chiqarishni, sport orqali komil insonlarni tarbiyalashni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman, - deya o'z orzulari haqida so'zini davom ettirdi Muhammadnozim. 

Muhammadnozim SHukurov sport bilan shug'ullanish barobarida tahsilni ham unutib qo'ygani yo'q. U maktab, undan keyin kollejdagi taxsilni alo baholarga tamomladi. O'tgan yili O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga qabul qilindi. Bu yil u birinchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhammadnozim mashg'ulot va musobaqalar bilan parallel ravishda chet tillarini ham o'rganadi. Uning orzulari osmon, nurafshon kunlari oldinda. Hayot va sportdagi mashaqqatlarni sabr bilan bosib o'tayotgan bugungi qahramonimizga bu borada omad va zafar yor bo'lishini tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing