19 avg 11:04
Yangiliklar
Tennis
Osaka sake ishlab chiqaradigan kompaniya sarmoyadoriga aylandi
Yaponiyalik tennis malikasi Naomi Osaka Soto kompaniyasini moliyalashtiradi.
Ushbu kompaniya yapon milliy alkogol ichimligi hisoblangan sake ishlab chiqaradi. Naomi sake ishlab chiqarishda nafaqat investor, balki maslahatchi vazifasini ham bajaradi.
"Soto kompaniyasi sarmoyadori va shu bilan birga maslahatchisi bo'lganimdan xursandman! Yapon milliy mahsuloti rivoji uchun xissam qo'shilishidan baxtiyorman. Axir, kim ham sakeni yoqtirmaydi deb o'ylaysiz. Ajoyib tam, shunday ekan, sake iching", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Osaka.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar