So’nggi yangiliklar

20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

27 dek 14:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo boksida nimalar bo'lyapti? Qozog'iston O'zbekistonning yana ikki medalini olib qo'yish harakatida

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 30 noyabr - 11 dekabr kunlari o'tkazilgan Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lgandi.

Vakillarimiz umumiy hisobda 11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. 


Ammo, musobaqadan bir necha kun o'tib, -71 kg vaznli bokschimiz Havasbek Asadullaevdan oltin medal olib qo'yildi. U final jangida qozog'istonlik raqibi - Ablayxan Jussupovni tishlab olgani uchun oltin medaldan mahrum qilingandi. SHundan so'ng Ablayxan Jussupov Osiyo chempioni sifatida elon qilingandi.

Lekin, shu kunlarda yana bir kutilmagan xabar tarqaldi. Bahslarda -63,5 kg vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Muhiddinovning finalda mezbon bokschi, Tailand vakili Somchay Volngsuvan bilan jangidagi referining harakati ham protestga sabab bo'libdi.

SHuningdek, IBA -48 kg vazn toifasidagi final - SHodiyor Meliqo'ziev va Sanjar Tashkenbay o'rtasidagi bahsni ham qayta ko'rib chiqayotgan ekan. Yodingizda bo'lsa, o'sha finalda SHodiyor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Qozog'iston boks federaciyasi esa "o'sha vaziyatda nokdaun asossiz ravishda ochilgan va bu yakunda Meliqo'zievning g'alabasini taminlagan" degan mazmunda davo kiritgan. 

Avvallari Osiyo chempionatida musobaqa yakunlanganidan so'ng natijalar o'zgartirish holatlari kuzatilmagan. Xar holda men bunday bo'lganini eslay olmayman. 

Havasbek medaldan mahrum bo'lganidan so'ng ham, O'zbekiston terma jamoasi kumushlar hisobiga umumjamoa hisobida birinchi o'rinda qolgandi. Lekin negadir Osiyo boks konfederaciyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilgan yangi reytingda Qozog'istonni birinchi o'ringa joylashtirdi. 

Bunday "post" tabiiyki o'zbekistonlik muxlislarning etiroziga sabab bo'ldi va birozdan unga izohlar yozish funkciyasi o'chirib qo'yildi. Qozog'istonlik boks funkcioneri Aziz Kojambetov boshchiligidagi tashkilot (ASBC) matbuot xizmati balki bu jadvalda medallar sifati bo'yicha emas, soni bo'yicha qo'shnilarimizni birinchi o'ringa joylashtirgandir. Unday bo'lsa nima uchun 13 ta medal qo'lga kiritgan Ukraina uchinchi o'rinda emas? Tushunarsiz...

Keyinroq esa ASBC yuqoridagi jadvalni o'chirib tashladi va yangi reytingni joylashtirdi. Odatda bunday musobaqalarda eng avvalo medallar sifati inobatga olinadi va umumiy o'rinlar shunga qarab joylashtirilardi. Lekin quyidagi jadvalda...

Xulosa: O'zbekistonning World Boxing'ga qo'shilishi IBA va uning Osiyodagi bo'limi ASBCga ham yoqmagani aniq. Nima bo'lganda ham, O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari ustuvor hisoblanadi va bundan buyon navbatdagi qadamlar aynan World Boxing tomon tashlanishi to'g'ri qaror hisoblansa kerak. 


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing