15 okt 10:35
Yangiliklar
Futbol

Osiyo chempionati. Bugun O'zbekiston - Tojikiston o'yini bo'lib o'tadi
Bugun Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkazilayotgan yoshlar (U-19) o'rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bugun Jasur Abduraimov shogirdlari oq libosda maydonga tushishadi.
Bugungi bahsda Tojikiston terma jamoasi futbolchilari qizil rangli liboslarida harakat qilishadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar