21 okt 12:10
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Bugun O'zbekiston Xitoy bilan o'ynaydi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruhdagi o'rnimizga tasir qilmaydigan uchrashuvda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bugungi o'yin natijasidan qatiy nazar terma jamoamiz guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlaydi.
Malumot uchun, terma jamoamiz dastlabki turni qo'shnilarimiz Tojikistonga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Keyin Avstraliya mag'lub etildi - 3:2.
Ikki turda 6 ochko to'plagan jamoamiz muddatdan avval guruhda birinchi o'rinni naqd qildi. Xitoy esa aksincha dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. SHu bois bugungi Xitoyga qarshi uchrashuv hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi bahs bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi o'yin Avstraliya va Tojikiston o'rtasida kechadi.
21 oktyabr
21:30 - Avstraliya – Tojikiston
21:30 - O'ZBEKISTON – Xitoy
Fikrlar