12 dek 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempionati. O'zbekiston umumjamoa hisobida peshqadam! (+jadval)
Kecha Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi ASBC Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 20 ta medallarni qo'lga kiritgan holda musobaqada umumjamoa hisobida peshqadam bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni Qozog'iston delegaciyasi egalladi. Qo'shnilarimiz hisobida 9 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medali bor. Uchinchi o'rindagi Tailand bokschilari esa Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medalga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar