22 mar 19:16
Yangiliklar

Osiyo chempionati saralashini yirik g'alaba bilan boshladik
Uchrashuvda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bobir Abduxoliqovning dubli hamda jamoa sardori Islomjon Qobilovning penaltildan kiritgan goli olimpiyachilarimizning muhim g'alabasini taminladi.
Hindiston - O'zbekiston 0:3 (0:1)
Bosh hakam: Ahmad Al Kaf (Ummon)
Gollar: Islomjon Qobilov 45 penalti, - 0:1. Bobir Abdixoliqov 79, - 0:2. Bobir Abdixoliqov 83, - 0:3.
Hindiston: 1.Diraj Singx, 3.Anvar Ali, 4.Golui Sartak, 7.Anirud Tapa, 8.Vinit Rai (C), 9.Daniel Lalxlimpuiya, 12.Abdul Saxal, 17.Rahul Kannoli Pravin (11.Komal Tatal, 55), 19.Lallianzuala CHangte, 21.Gaurav Bora, 22.Nishu Kumar (2.Asish Rai, 86).
O'zbekiston: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov (C), 5.Dilshod Saitov, 6.Nurillo To'xtasinov (Oybek Bozorov, 80), 7.Oston O'runov, 8.Islom Kenjaboev, 11.Mirjahon Mirahmadov (9.Jasurbek Yaxshiboev, 64), 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov (10.Bobir Abdixoliqov, 52), 19.Ilhomjon Alijonov, 20.Husniddin G'ofurov.
Fikrlar
Afsus o‘sha stadion....
Agar Vodiy yoki Voha stadionlarida shu o‘yinnlarni tashkillashtirsak ajoyib muxit bo‘lar edi stadionlarimiz to‘la tursa o‘yinchilarimizni xam o‘yini ochilib boraveradi