18 jan 18:01
Yangiliklar
Futbol

Osiyo chempionati. Saudiya chorak finalda g'alaba qozondi, jamoa yarim finalda O'zbekiston bilan o'ynashi mumkin
U-23 Osiyo chempionatida dastlabki chorak final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Saudiya Arabistoni va Tailand o'rtasidagi bahs taqdirini bitta gol hal qildi. 78-daqiqada bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Abdulloh Al Hamdan aniq amalga oshirdi va Saudiya Arabistonini yarim finalga olib chiqdi - 1:0.
Endi Saudiya Arabistoni yarim finalda BAA - O'zbekiston jutfligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol: Abdulloh Al Hamdan 78.
Agar O'zbekiston ertaga BAAni mag'lub etadigan bo'lsa, futbolchilarimiz yarim finalda aynan Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynashadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar