So’nggi yangiliklar

19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0 15:57Мария Тимофеева Прагада муваффақиятли старт олди 0 15:25Богдан Гусков ва Рамазон Темиров UFC Abu Dhabi турнири олдидан медиа тадбирлардаги иштирокини бошлашди 0 14:49ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси "Реал"га ўтмоқчи 0 14:13Пара академик эшкак эшувчиларимизнинг кейинги манзили Германия бўлади 0 13:37Ёш сузувчиларимиз қитъа биринчилигида яна олтин ва бронза медаллари билан тақдирланишди 0 13:09Ҳумоюн Тўхтамуродов бразилиялик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:42ФИФА ЖЧ-2026'да қанча даромад топди? 0 12:05Оливейра Махачевга маслаҳат берди 0 11:38Таэквондочиларимиз Жанубий Кореядаги халқаро турнирни 3 та медаль билан бошлашди 0

15 may 10:47
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionati. SHamsiddin Vohidov hamon ikkinchi o'rinda, bugun so'nggi tur o'tkaziladi

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida 33 mamlakatdan 156 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Osiyo chempionatining 8-turida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turgan grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2641) oq donalarda rossiyalik grossmeyster Ivan Zemlyanskiy bilan durangga imzo chekdi. Bu ochko yo'qotilishi uning chempion bo'lish imkoniyatini yo'qqa chiqardi. SHamsiddin 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni saqlab qoldi. 

Osiyo chempionatida qatnashayotgan birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665) oq donalarda hindistonlik xalqaro master Asvatni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Nodirbek 5,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlar bo'yicha 14-o'ringa ko'tarilib oldi. Oltinchi pog'onadagi hind shaxmatchisida ham 5,5 ochko bor.   

Afsuski, Muhiddin Madaminov 8-turda qora donalarda hindistonlik grossmeyster Narayananga yutqazib qo'ydi. Muhammadzohid Suyarov qora donalarda rossiyalik Kiril SHubin bilan murosaga keldi. Bu turda hamyurtlarimizdan Humoyun Begmuratov, Asrorjon Omonov, Asilbek Abdulazizov va Oriyat Obidjonov raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Afruzbek Sobirov va Saidxon Ashikmamutovda g'alaba, Miraziz Matyoqubov va Bahrom Baxrillaevning partiyalarida durang qayd etildi. 

Musobaqa peshqadami eronlik Bardiya Daneshvar (2621) 8-turda hindistonlik Puranik Abhimanyu ustidan juda muhim g'alabani qo'lga kiritib, deyarli Osiyo chempionligini naqd qildi. Bugun o'tkaziladigan so'nggi turda uni durang natija ham qanoatlantiradi. 

Etiborga molik jihati shundaki, bugun so'nggi 9-turda o'zbek klassik derbisiga guvoh bo'lamiz. SHamsiddin Vohidov qora donalarda Nodirbek Yakubboevga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs jahon kubogi taqdirini ham hal qiladi. SHamsiddin kamida durang o'ynasa, ushbu yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi. G'alaba esa kumush medal va jahon kubogi chiptasini kafolatlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing