So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

14 may 12:45
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionati. Vohidovda muhim g'alaba va u ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslarida 33 mamlakatdan 156, ayollarda esa 23 davlatdan 101 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Etiborlisi, bungacha Evropa qitasi musobaqalarida qatnashgan va bir muddat turnirlardan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi shaxmatchilari ham mazkur Osiyo chempionatida medallar uchun kurash olib borishyapti. 

Osiyo chempionatining 7-turida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turgan grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2641) qora donalarda o'ynashiga qaramay, xitoylik xalqaro master Yang Zilongni mag'lubiyatga uchratdi va 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Osiyo chempionatida qatnashayotgan birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665) qora donalarda boshqa bir CHin yurti grossmeysteri Dai CHangren (2531) bilan durang o'ynadi. 

Muhiddin Madaminov oq donalarda hindistonlik taniqli grossmeyster Luka Mendonkani mag'lub etishni uddaladi va ochkolarini 5 taga etkazib oldi. Muhammadzohid Suyarov hindistonlik grossmeyster Naranayanga yutqazdi. Bu turda hamyurtlarimizdan Humoyun Begmuratov, Miraziz Matyoqubov va Saidxon Ashikmamutov g'alabaga erishdi. Oriyat Obidjonov, Asilbek Abdulazizov, Asrorjon Omonov, Bahrom Baxrillaev raqiblari bilan murosaga kelishdi.

Musobaqa peshqadami eronlik Bardiya Daneshvar (2621) 6-turda durang o'ynaganiga qaramay, 6 ochko bilan hamon turnir jadvalida yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. SHamsiddin Vohidov 5,5 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Rossiyalik Ivan Zemlyanskiy hisobida ham 5,5 ochko bor va u qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasagan. Muhiddin Madaminov kechagi muhim g'alabasi evaziga 5 ochko bilan 12-pog'onadan 6-o'ringa yuqoriladi. Nodirbek Yakubboev 4,5 ochko bilan 25-pog'onadan joy olgan. 

Bugun Osiyo chempionatida 7-tur partiyalari o'ynaladi. SHamsiddin Voxidov oq donalarda asosiy taqibchisi Ivan Zemlyanskiy bilan hisob-kitob qiladi. Daneshvar Bardiya ham oq donalarda o'ynaydi. Uning raqibi hindistonlik grosmmeyster Puranik Abhimanyu bo'ladi. Muhiddin Madaminov qora donalarda hindistonlik Naranayanga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing