So’nggi yangiliklar

16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0

18 okt 09:59
Yangiliklar

Kikboksing

Osiyo chempionatida 28 ta medal jamg'argan kikboksingchilarimiz munosib kutib olindi

Kambodjada kikboksing bo'yicha o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.

Terma jamoamiz azolari ushbu qita chempionatida 20 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ana shunday yorqin g'alabalarni qo'lga kiritgan terma jamoamiz azolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. 

Ushbu marosimda O'zbekiston sport vazirligi, kikboksing federaciyasi va boshqa jamoa tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari, OAV vakillari hamda sportchilarimizning ota-onalari ishtirok etdi.

– Kambodjada o'tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamizdan tashqari Qozog'iston, Vetnam va Kambodja vakillari yuqori natijalar ko'rsatdi. Keskin va murosasiz o'tkazilgan bellashuvlarda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, qitada tengsiz ekanliklarini yana bir karra isbotladi, – deydi O'zbekiston kikboksing associaciyasi raisi Oybek Narmetov. – Ushbu muvaffaqiyatga erishishimizda mamlakatimizda kikboksing sport turiga qaratilayotgan ulkan etibor va sportchi-murabbiylarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarning o'rni bor, albatta. Umid qilamizki, kikboksingchilarimiz bu kabi yuqori natijalarni qo'lga kiritishda davom etadi.

Malumot o'rnida: Kambodja mezbonligida o'tkazilgan Osiyo chempionatida 23 terma jamoa ishtirok etdi. Unda O'zbekiston, Qozog'iston va Vetnam terma jamoalari umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan o'rin oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing