So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

15 iyu 12:48
Yangiliklar

Boks/MMA, SHaxmat

Osiyo chempionatida 34ta medal qo'lga kiritildi, shulardan 16tasi oltin + FOTO

SHri-Lanka davlatining Vaskaduva shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi 14-Osiyo chempionati yakunlandi.

Qita chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari yakunda blic, rapid va standart yo'nalishlarda jami 34ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 16tasi oltin, 11tasi kumush, 7tasi bronza medallaridir. 

Tabiiyki, umumjamoa hisobida shaxmatchilarimiz barcha ishtirokchi davlatlar orasida birinchi o'rinni egallashdi. Yosh shaxmatchilarimizdan 7 nafari 2019 yili Tunis davlatida o'tkaziladigan maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. 

Hamyurtlarimizdan 13 yoshlilar musobaqasida ishtirok etgan Umida Omonova (WCM) musobaqaning mutloq g'olibasiga aylandi. U standart, rapid va blic yo'nalishlarida 3ta oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Humoyun Bekmurodov (9 yosh, SM) standart va rapidda oltin, blic yo'nalishda kumush medalga sazovor bo'ldi.  Afruza Hamdamova (9 yosh, WCM) standart va rapidda oltin, blicda kumush medal bilan taqdirlandi. Davlatbek Mahmudjonov (11 yosh) standart va blic yo'nalishda oltin, rapid yo'nalishida bronza medaliga ega chiqdi. 

Abdumalik Abdusalimov (17 yosh, FM) standart yo'nalishda oltin, rapid va blicda kumush medallar bilan taqdirlandi. Sitora Saparova (17 yosh) standart, blic va rapid yo'nalishlarida mos ravishda oltin, kumush hamda bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Ali Qosimov (15 yosh) standart yo'nalishda Osiyo chempioni, rapidda esa kumush medalga sazovor bo'ldi. Muhammadali Abdurahmonov (17 yosh) blicda oltin, rapid va standartda bronza medaliga loyiq ko'rildi.

Ruqiya Olimova (7 yosh) blicda oltin, standartda kumush, Zilola Aktamova (11 yosh) blicda oltin, rapidda kumush, Olmos Rahmatullaev (13 yosh) rapidda oltin, stantdartda kumush, Tohir Nematov (7 yosh) blicda kumush, rapid yo'nalishida bronza medaliga ega chiqdi. 

Mohinur Habibullaeva (13 yosh) blicda kumush, Muhammadzohid Suyarov (9 yosh) esa aynan shu yo'nalishda bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing