So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

12 mar 15:20
Yangiliklar

Futbol

Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan futzalchilarimizning xar biri 24 564 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun O'FAda Osiyo chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan futzal bo'yicha O'zbekiston MTJ va Taiylandda o'tgan 18 yoshgacha bo'lgan Zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'alaba qozongan futzalchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA masullari, futzalchilar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha milliy terma jamoamiz Xitoy Taypeyidagi Osiyo chempionatida 3-o'rin uchun bahsda Iroq terma jamoasini mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritishgandi. Ushbu yuksak natijaga erishgan futzal terma jamoasining har bir azosiga 24 564 000 so'm miqdorida mukofot puli berildi.  

O'tgan yili Taylanda o'tgan U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olib chiqqan futzalchilar esa ushbu ajoyib g'alaba uchun 15 dekabr kuni O'zbekiston futbol federaciyasida bo'lgan marosimda mukofotlanishgan edi. O'shanda har bir futzalchiga 2 000 000 so'm miqdorida mukofot puli taqdim qilingan. SHuni ham alohida takidlab o'tish kerakki, U-18 World Deaf Futsal Championship norasmiy musobaqa bo'lib, FIFA tasnifiga kirmaydi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi qaramog'ida esa faqat FIFA tasnifiga kiruvchi terma jamoalar bo'ladi. SHunga qaramay, U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatidag'olib chiqib, Vatanimiz bayrog'ini yuksakka ko'targani uchun yosh futzalchilarga O'zbekiston futbol Associaciyasi yana bir bor mukofot pullari taqdim qilishga qaror qildi. Bu safar Zaif eshitiuvchilar terma jamoasining har bir azosiga 16 376 000 so'm miqdorida mukofot taqdim qilindi.

Futzalchilarga mukofot pullarini O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

"Qo'lga kiritilgan yuksak natijalar bilan barchangizni yana bir bor tabriklayman. Erishilgan bu yutuqlar bilan to'xtab qolmanglar. Oldinga intilishda davom etinglar. Buning uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Barchamiz bir oila bo'lib, birgalikda harakat qilsak, bundan ham katta natijalarni qo'lga kiritamiz", - dedi Umid Ahmadjonov.




Reyting:    

Fikrlar

   
12 mar 19:31:34
baxriddin fozilov
Zor
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing