So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

19 noy 07:32
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo chempionatida zafarli odim

Namangan viloyatida sportning penchak silat turi rivojiga alohida etibor berilmoqda.

Buxoro viloyatida sportning penchak silat turi bo'yicha bo'lib o'tgan xalqaro turnir hamda Osiyo chempionatida namanganlik sportchi yoshlar munosib ishtirok etib, salmoqli natijalarni qo'lga kiritib kelishlari bu sport turiga qiziqish va etibordan darak beradi.

Yangi Namangan tumani 70-sonli umumtalim maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Abdulbori Toshboev boshchiligidagi Namangan viloyati terma jamoasi azolari ushbu nufuzli musobaqalarda qator medallar shodasiga ega bo'ldi.

Jumladan, Yangi Namangan tumanidagi 70-maktabning 5-sinf o'quvchisi Yosinxon Husniddinov o'z vaznida xalqaro turnirda oltin medal, qitamiz miqyosidagi raqobatda esa kumush medali bilan taqdirlandi. CHempion sifatida etirof etilgan Yosinxon ustozi Abdubori Toshboev bilan joriy yilning 16-23 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.  

Namangan shahridagi 3-maktabning 5-sinf o'quvchisi Azizbek Muxtorov, 43-maktabning 5-sinf o'quvchisi Olim Mahmudov Osiyo chempionatining kumush medallariga munosib ko'rildi.

38-maktabning 4-sinf o'quvchisi Umarxon Rahimov xalqaro turnirda g'oliblikning eng yuqori shohsupasiga ko'tarilgan bo'lsa, turnirda finalgacha etib kelgan 21-maktabning 4-sinf o'quvchisi Muhammad Nishonboev vice-chempionlikka sazovor bo'ldi.

Namangan viloyati jamoasining sportchi-yoshlari respublika Sport vazirligining diplom, qimmatbaho sovrinlariga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing