So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

19 iyu 18:14
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionatini birinchi o'rinda yakunlagan chempionlar taqdirlandi

Teglar :  SHaxmatOsiyoMOQ
Xabaringiz bor, 7-15 iyul kunlari SHri-Lankada shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Qitamizning 15 mamlakatidan 450 nafardan ortiq shaxmatchi qatnashgan musobaqadan o'zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari yurtimizga 34 ta medal bilan qaytib kelishgandi.

Bugun qita birinchiligida umumjamoa hisobida g'olib bo'lgan shaxmatchilarimiz Milliy olimpiya qo'mitasi tomondan taqdirlanishdi. Tantanali marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston shaxmat federaciyasi mutasaddilari, yosh chempionlar va ularning ota-onalari, murabbiylar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

«Sizlar bugungi kun qahramonisizlar. Buning uchun eng avvalo ota-onangizga rahmat aytishimiz lozim. Sizlar tengdoshlaringizga haqiqiy namuna bo'la oldingiz. Aynan sizga qarab ular ham yuqori maqsadlar sari intiladilar. SHaxmat qiyin sport turlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun aqlan, ruxan va jismonan kuchli bo'lish lozim.

Nasib qilsa, kelajakda sizlardan vatanimiz va jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan insonlar etishib chiqadi», – dedi Jasur Matchanov.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati davomida Umida Omonova, Humoyun Begmurotov, Afro'za Hamdamova, Davlatbek Mahmudjonov, Sitora Saparova, Muhammadali Abdurahmonov, Olmos Rahmatullaev, Ali Qosimov, Abdimalik Abdisalomov, Ruqiya Olimova, Zilola Aktamova, Tohir Nematov, Mohinur Xabibullaeva, Muhammadzohid Suyarov kabi yosh yurtdoshlarimiz shaxmatning standart, blic va rapid yo'nalishlarida zafarli yurishni amalga oshirib, shohsupaga ko'tarilishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 iyu 08:40:14
NODIR_BEK
Омад барчага
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing