10 iyu 10:22
Yangiliklar
Osiyo chempionatini mag'lubiyatsiz boshladik
Bir kun avval shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan musobaqada hamyurtlarimiz 11ta medal qo'lga kiritishgandi. Standart yo'nalishda ham aynan istedodli shaxmatchilarimiz g'oliblik uchun asosiy davogar ekanliklarini isbotlashmoqda.
Osiyo chempionatining o'tkazilgan dastlabki ikki turida o'zbekistonlik shaxmatchilar mag'lubiyat qayd etishmadi. Ruqiya Olimova (7 yosh), WCM Afruza Hamdamova (9 yosh), Humoyun Bekmurodov (9 yosh), Davlatbek Mahmudjonov (11 yosh), Olmos Rahmatullaev (13 yosh), Ali Qosimov (15 yosh) hamda Sitora Saparova (17 yosh) har ikkala partiyada ham g'alabaga erishishdi.
Tohir Nematov (7 yosh), Muhammadzohid Suyarov (9 yosh), Zilola Aktamova (11 yosh), WCM Umida Omonova va WCM Mohinur Habibullaeva (13 yosh), Safinoza Jalilova (15 yosh), FM Abdumalik Abdisalimov hamda Muhammadali Abdurahmonov (17 yosh) esa bittadan g'alaba va durang qayd etishdi. Bugun yana ikkita partiya uchrashuvlari o'tkaziladi.
Fikrlar