13 apr 08:25
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionatini oltin medalsiz yakunlagan erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida nechanchi bo'lishdi?
Kecha Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati doirasida erkin kurash bellashuvlari yakunlandi.
Qita chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi azolari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Kumush medal:
Javrail SHapiev (-86 kg)
SHerzod Poyonov (-92 kg).
Bronza medal:
Asomiddin Hasanov (-79 kg).
Ushbu natija orqali erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida Eron, Yaponiya, Qirg'iz Respublikasi, Qozog'iston va Mo'g'ulistondan keyin oltinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar