29 avg 16:17
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining birinchi kunini 10 ta medal bilan yakunladik, 4 tasi oltin!
Koreya Respublikasining Mungyong shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kungi bellashuvlari yakunlandi.
Bugungi saralash bellashuvlaridan so'ng 11 nafar dzyudochimiz qita chempionatining medallari uchun tatamiga chiqishi malum bo'lgandi. Yakunda ulardan 10 nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi. O'smirlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamitova
-50 kg: Xushnudbek Burhonov
-60 kg: Muhammad Masharipov oltin
Kumush medallar
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-66 kg: Umirzoq Qurbonmurodov
Bronza medallar
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-55 kg: Dilshod Karimov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar