17 apr 07:01
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Erkaklar -73, 81 kg, ayollar esa -57, -63, -70 kg vazn toifalarida qita birinchiligi medallari uchun tatamiga chiqadi. O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi ham o'z mahoratini namoyish etadi. Dzyudochilarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin.
Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 08:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-57 kg: SHukurjon Aminova —Tsendbazar Mashbat (Mo'g'uliston)
-63 kg: Marjona Nurillaeva — Unnati SHarma (Hindiston)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva — Alina Moldokulova (Qirg'iz Respublikasi)/Kim Haymi (Koreya Respublikasi)
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva — Inunganbi Tahellambam (Hindiston)
-73 kg: Elbek Tojiev — Li Eun Kyul (Koreya Respublikasi)
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev — Li Kvok Ving (Gonkong)/Behruzi Hojazoda (Tojikiston)





Fikrlar