12 may 16:02
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining ikkinchi kunida to'rtta medal!
Livanda dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqa Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun muhim bo'lgan qimmatli ochkolarni taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.
Qita chempionatining ikkinchi kunida yosh dzyudochilarimiz to'rtta medal qo'lga kiritishdi. Abdulaziz Abdulazizov (-73kg), Farangiz Xolmurodova (-63 kg), O'rinboev Ozod (+90kg) kumush, SHoxboz Umrzoqov (-81kg) esa bronza medali sohibiga aylandi.
Malumot uchun, dzyudochilarimiz 31 iyulga qadar mana shunday musobaqalar orqali reyting ochkolarini jamlab borishadi. Aynan 31 iyuldan so'ng reytingda yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan sportchilar Argentinaga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar