17 iyu 09:53
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ilk kuni 12 ta medal qo'lga kiritdik, teng yarmi oltin!
Aurelian-CHiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Akbar SHarifov, Davlatbek Ahrorov, Akramjon Karimov, Iroda Sirojiddinova, Dilafruz Boltaboeva va CHaros Hikmatova sharafiga O'zbekiston madhiyasi yangradi.
Etiborlisi shundaki, kechagi kun dasturida tatamiga chiqqan 12 dzyudochimizning bari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-48 kg: CHaros Hikmatova
-50 kg: Akbar SHaripov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-66 kg: Akramjon Karimov
Kumush medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-55 kg: Bobur Yusupov
Bronza medallar
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Abubakr Sattorov










Fikrlar