16 apr 07:53
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining ilk kuni 5 nafar dzyudochimiz kurashga kirishadi
Bugun Xitoyning Ordos shahrida kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Qita birinchiligining ilk kuni erkaklar o'rtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning 5 nafar engil toifali dzyudochilariga muxlislik qilamiz va ulardan kutamiz.
Saralash bosqich bahslari bizning vaqt bilan soat 08:00da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-48 kg: Laziza Haydarova — SHen Yi-CHun (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Sita Qadamboeva — Lam Ti Ngan Ha (Vetnam)
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov — Vey Ling Yun (Xitoy)
-60 kg: Doston Ro'ziev — Konstantin Simeonidis (BAA)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov — An Xyun Vu (Koreya Respublikasi)




Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar