So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

09 iyu 11:17
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionatining ilk kunidayoq 11ta medal+FOTO

SHri-Lanka davlatida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi Osiyo chempionatining rapid yo'nalishida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Qita chempionati 7,9,11,13,15 hamda 17 yoshli maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilmoqda. Terma jamoamiz azolari rapid yo'nalishida 4ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza medalini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. 

Hamyurtlarimizdan Humoyun Bekmurodov 9 yoshli shaxmatchilar o'rtasida 7 imkoniyatdan 6,5 ochko to'plab, Osiyo chempioniga aylandi. Afruza Hamdamova ham 9 yoshlilar musobaqasida 6,5 ochko bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Yana bir chempionlik shoxsupasi Olmos Rahmatullaevga nasib etdi. U 13 yoshli shaxmatchilar turnirida 6 ochko bilan chempion bo'ldi. Terma jamoamizga to'rtinchi oltin medalni Umida Omonova keltirdi. Umida 13 yoshlilar orasida 7ta partiyaning barchasida g'alaba qozondi.

Zilola Aktamova 11 yoshlilar orasida, Ali Qosimov 15, Abdumalik Abdisalimov esa 17 yoshli shaxmatchilar o'rtasida kumush medal bilan taqdirlandi. 

Etti yoshli bolalar musobaqasida qatnashgan Tohir Nematov, 11 yoshlilar guruhi ishtirokchisi Davlatbek Mahmudjonov, 17 yoshli qizlar turnirida imkoniyatini sinovdan o'tkazgan Sitora Saparova, aynan shu yoshdagi o'g'il bolalar o'rtasida Muhammadali Abdurahmonov bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Bugun SHri-Lankdagi Osiyo chempionatida ishtirokchilar standart shaxmat bo'yicha medallar shodasi uchun bahslarga kirishishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing