02 apr 10:39
Yangiliklar
SHaxmat

Osiyo chempionatining ilk oltin va kumush medali ko'lga kiritildi!
Tailandning CHaingmay shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati dasturidagi rapid yo'nalishi nihoyasiga etdi.
Musobaqa 7 turdan iborat shveycarcha tizimda tashkil etildi. Natijalarga ko'ra, 16 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov 35 nafar sportchi orasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Sakkiz yoshgacha qizlar o'rtasida Toshkent shahri vakilasi Odina Olimova 43 nafar sportchi o'rtasida Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, 12 yoshgacha qizlar o'rtasida Umida Omonova umumiy hisobda 4-o'rinni egalladi. Bugundan Osiyo chempionatining standart yo'nalishi bo'yicha bahslar davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar