So’nggi yangiliklar

19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0

04 iyu 08:18
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempioni bo'lgan shaxmatchiga kompyuter sovg'a qilindi

3 iyun kuni Turizm va sport vazirligida gibrid shaxmat bo'yicha Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan SHamsiddin Vohidovni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bosh vazir o'rinbosari –O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov chempionga esdalik sovg'alarini topshirdi va u bilan dona surdi.

Kuni kecha gibrid shaxmat bo'yicha o'tkazilgan onlayn musobaqada hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov eng yaxshi natijani qayd etib, Osiyo chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'lgani haqida xabar bergan edik.

SHaxmatchimiz ushbu g'alabasi evaziga bir vaqtning o'zida Jahon kubogi yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Natijada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o'tadigan Jahon kubogida Vatanimiz sharafini naqd 5 (!) nafar grossmeysterimiz himoya qiladigan bo'ldi. Bular – jahonning eng yosh va iqtidorli shaxmatchilari bo'lmish Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattarov, shuningdek Nodirbek Yoqubboev, Javohir Vohidov hamda SHamsiddin Vohidov.

Aziz Abduhakimov avvalo yosh shaxmatchimizni bunday ajoyib g'alabaga erishganligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda SHamsiddin kabi istedodli yoshlar ertamiz egalari uchun namuna bo'lib xizmat qilishi, qanchadan-qancha yoshlar ularga o'xshashga intilishini takidladi.

“SHu sababli, sizdan tez-tez viloyatlarga, chekka-chekka hududlarga chiqib, shaxmatga qiziquvchi yoshlarga mahorat darslari o'tishingizni, joylarda o'zingiz kabi iqtidorli yoshlarni kashf etishga hissa qo'shishingizni so'rayman”, - dedi vazir.

SHundan so'ng SHamsiddin Vohidovga O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi Aziz Abduhakimovning tabriknomasi o'qib eshittirildi. Unda jumladan shunday so'zlar bor edi:

“Bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev rahnamoligida sportni yanada rivojlantirish, yosh avlodni har jihatdan etuk va barkamol etib tarbiyalashga alohida etibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonda aql gimnastikasi – shaxmatni rivojlantirish ham ustuvor yo'nalishlardan biriga aylandi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori O'zbekistonda shaxmatni yanada keng targ'ib qilish, yosh shaxmatchilarni tayyorlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

SHaxmat azaldan ota-bobolarimizning sevimli intellektual mashg'uloti bo'lgan. Buyuk Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz shatranj o'ynaganliklari tarixiy hujjatlarda muhrlangan. SHu ikki muhim omil sabab aynan O'zbekiston yoshlari shaxmat chempionlari bo'lishga haqli, deyish mumkin.

Xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib, o'zbek shaxmati shuhratini jahon miqyosida keng tarannum etgan holda, sportning boshqa turlari qatori shaxmatni ham yoshlarimiz o'rtasida yanada ommalashtirishda Sizning alohida o'rningiz bor.

Sizning ushbu yorqin g'alabangiz yangi O'zbekistonda sport sohasini rivojlantirishga alohida etibor berilayotganligining yorqin ifodasi, deb ayta olaman. Ushbu g'alabangiz mamlakatimiz mustaqilligining o'ttiz yillik to'yiga munosib sovg'a bo'ldi. Keyingi marra – yurtimiz bayrog'ini jahon chempionatida ham yuqori ko'tarasiz, deb niyat qilamiz!”

Tadbirda Aziz Abduhakimov tomonidan Osiyo chempioniga zamonaviy shaxmat dasturlari jamlangan kompyuter sovg'a qilindi.

SHuningdek, mana shunday iqtidorli shaxmatchini tarbiya qilgan ota-onasiga ham minnatdorlik izhor qilindi.

O'z navbatida, SH.Vohidov mana shunday yuksak etibor uchun tashakkur bildirib, bundan yanada ruhlangan holda yangidan-yangi g'alabalar bilan Vatanimiz shanini ulug'lashga astoyidil harakat qilishini takidladi.

Tadbir yakunida esa Turizm va sport vaziri, O'zbekiston shaxmat federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov Osiyo chempioniga qarshi dona surdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing