So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

01 okt 06:46
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo chim ustida xokkey federaciyasi delegaciyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

26-30 sentyabr kunlari Osiyo chim ustida xokkey federaciyasining ijrochi direktori Muhammad Tayab Ikrom boshchiligidagi delegaciya O'zbekistonda mehmon bo'ldi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad O'zbekistonda chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish masalalarini ko'rib chiqishdan iborat.

Tashrif chog'ida Tayab Ikram bir qator uchrashuvlar o'tkazdi. Jumladan, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov bilan uchrashuv chog'ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatda chim ustida xokkey maydonlarini barpo etish va bir qator masalalar yuzasidan suhbat bo'lib o'tdi.

27-28 sentyabr kunlari O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi raisi Bahodir Ahmedov boshchiligida Osiyo chim ustida xokkey federaciyasining delegaciyasi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Delegaciya u erda barpo etilyotgan suniy qoplamali maydon qurilishi ishlari bilan tanishdi.

29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya shon shuxrati muzeyida O'zbekiston va Osiyo chim ustida xokkey federaciyasi vakillari bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda Tayab Ikram so'zga chiqib, samimiy qabul uchun minnatdorchiligini bildirib o'tdi va Bahodir Ahmedovni Markaziy Osiyo chim ustida xokkey federaciyasining direktori etib tayinlanganligi malum qildi. Bu esa o'z navbatida mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.

Uchrashuv so'ngida Osiyo va O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga muvofiq, Osiyo chim ustida xokkey federaciyasi yurtimizda ko'plab sport maydonlarini barpo etish, chim ustida xokkey sport turnini yanada rivojlantirish doirasida izchil hamkorlik yo'lga qo'yiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing