01 fev 12:12
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Bugun final, o'yinni Ermatov boshqaradi
Abu Dabidagi "Zayd Sport Siti" stadionida Qatar va Yaponiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Yaponiya o'z tarixida beshinchi bor finalda o'ynaydi. Qatar esa ilk bor hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etadi.
Osiyo Kubogi-2019. FINAL
Yaponiya - Qatar
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
Video assistent hakam: Paolo Valeri (Italiya)
Video assistent hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)
Fikrlar