25 dek 13:19
Yangiliklar
Futbol
Osiyo kubogi-2019. Raqibimizning asosiy yulduzi musobaqaga bormaydigan bo'ldi
Osiyo Kubogida Ummon bilan bir guruhda o'ynaymiz.
Ummon terma jamoasida jiddiy yo'qotish yuz berdi. CHunki ularning asosiy darvozaboni Ali Al Habsi jarohat olib safdan chiqdi. Endilikda u musobaqada ishtirok eta olmaydi. Terma jamoa murabbiylari ushbu posbon o'rniga Ammar Al Rashidini taklif etishdi.
"Jarohat tufayli safdan chiqish og'ir. Men judayam tushkun kayfiyatdaman. Ammo jamoadoshlarimni oxirigacha qo'llab-quvvatlayman", - dedi o'z vaqtida Angliyada premer-ligasida o'ynagan posbon.
Terma jamoaga chaqirilgan 30 yoshli Ammar Al Rashidi bungacha bosh jamoada 20ta o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar