16 may 13:58
Yangiliklar
Futbol

Osiyo Kubogi-2023 mezboni deyarli aniq
Ushbu musobaqani qabul qilish uchun hozirga qadar ikki mamlakat Xitoy va Janubiy Koreya davlatlari davogar edi.
Biroq kecha, 15 may kuni Janubiy Koreya o'z arizasini qaytarib oldi va davogar bitta qoldi. Koreya butun etiborini 2023 yilgi ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilishga qaratishni maqul ko'rdi.
SHu tariqa navbatdagi Osiyo Kubogi Xitoy mamlakatida bo'lib o'tishi deyarli aniq bo'ldi. Bu haqda rasman 4 iyun kuni Franciya poytaxti Parij shahrida FIFA 69-kongressi chog'ida elon qilinadi.
Malumot uchun, Xitoy 2023 yilgi musobaqani 9ta shahardagi stadionlarda qabul qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 2004 yilgi Osiyo Kubogi ham Xitoyda bo'lib o'tgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar