29 jan 20:56
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. 4:0 hisobida g'alaba qozongan Qatar finalga chiqdi!
Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi kutilmagan natija bilan yakunlandi. Mezbonlar stadion to'la muxlislari ko'z o'ngida Qatar terma jamoasiga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Endi finalda Qatar va Yaponiya terma jamoalari maydonda saf tortishadi.
Osiyo Kubogi-2019. Yarim final.
Qatar - BAA 4:0
Gollar: Boualem Xouxi - 22, Almoez Ali - 37, Xassan Al-Xaydos - 81, Hamid Ismoil Xalifa - 90'
"Muhammad Bin Zayed" stadioni.
Hakamlar: Sezar Ramos, Migel Ernandez, Alberto Morin (Meksika)
Qatar - 1.Saad Al SHeb, 2.Pedro Korrea, 3.Abdul Karim Hassan, 4.Tarek Salman, 10.Hasan Al Haydos, 11.Akram Hasan Afif, 12.Karim Boudiaf, 14.Salim Al Hajri, 19.Almoez Ali, 23.Asim Omer Madibo.
BAA - 17.Halid Eysa, 2.Ali Hassan Salmin, 3.Valid Abbas Murad, 5.Amer Abdulrahmon Abdulla, 6.Farez Juma, 7.Mabhut, 9.Bander Muhammad Al Ahbabi, 13.Ismoil Hamis, 15.Ismoil Salem Al Hammadi, 19.Ismoil Ahmed Muhammad, 20.Saif Rashid Al SHemayli.
Fikrlar