13 iyu 11:59
Yangiliklar
Futbol

Osiyo Kubogi bo'lib o'tadigan 6ta stadionda tamirlash boshlandi
Malumki, 2023 yilgi Osiyo Kubogi Xitoyda bo'lib o'tadi.
Qitaning eng nufuzli musobaqasiga ajratilgan oltita stadionda qayta tamirlash ishlari boshlandi. Bundan tashqari CHongking, Ksiyan, Ksiamen, Suju, SHanxay va CHengdu shaharlarida yangi stadionlarni qurish olib borilmoqda. Dalyan bilan Ksingdaoda shu yilning oktyabridan boshlab o'yingoh qurilishiga start beriladi.
"2023 yilgi Osiyo Kubogi o'zgacha ruhda o'tadi. Biz o'z stadionlarimiz bilan hammani lol qoldiramiz", - deydi musobaqa tashkilotchilaridan biri SHi Ksiang.
Malumot uchun, navbatdagi Osiyo Kubogida ham 24 terma jamoa ishtirok etadi. Xitoy esa 2004 yildan beri mazkur musobaqaga ikkinchi bor mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar